Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador o‘z elchixonasidan Assanjni haydab chiqarmoqchi – OAV
Ekvador Londondagi elchixonasidan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni haydab chiqarmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ekvador prezidenti Lenin Moreno Assanj uning ittifoqdoshlari haqida yozgan tvitlardan g‘azablangan. Ayni vaqtda rasmiy Kito Assanjning elchixonadan chiqarilib yuborilishi bo‘yicha London bilan muzokaralar o‘tkazish uchun vositachi izlamoqda.
Dekabr oxirida Assanjning tvitterdagi sahifasi yo‘qolib qolgani ma'lum bo‘lgandi. Akkaunt ijtimoiy tarmoq texnik xizmati tomondan bloklangani yoki uni Assanjning o‘zi o‘chirgan-o‘chirmaganiga aniqlik kiritilmagan. Ba'zi foydalanuvchilarning fikricha, Assanjning akkauntiga noma'lum xakerlar kirib, uni o‘chirib tashlashgan.
Assanj Ekvador elchixonasida 2012 yil iyundan beri qolmoqda. U Shvetsiyaga topshirilishidan xavotirlanib, elchixonadan boshpana topgan. Shvetsiyada unga nomusga tegish ayblovi qo‘yilgan. 2017 yil may oyida ushbu ish bo‘yicha tergov to‘xtatilganiga qaramasdan, Assanj Shvetsiyaga baribir topshirilishidan xavotirlanmoqda. Uning fikricha, Shvetsiya uni AQShga topshiradi, u yerda esa unga maxfiy ma'lumotni oshkor etgani uchun o‘lim jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025