O‘zbekiston | 12:40 / 10.01.2018
26364
2 daqiqa o‘qiladi

Respublika bank kengashi tugatildi

Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son Farmoni bilan Markaziy bank faoliyati tubdan takomillashtirildi.  Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Farmonga ko‘ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilandi:

  • narxlar barqarorligi;
  • bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
  • to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.

Markaziy bankning Bank nazorati va Kredit qo‘mitalari, Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.

Quyidagi komissiya va kengashlar tugatildi:

  • Respublika bank kengashi; 
  • Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi;

Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va byudjyetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi.

Farmon bilan shuningdek:

  • bankrot deb topilgan yoki kredit bo‘yicha uzilmagan qarzdorligi mavjud korxonalarni tijorat banklari mulkiga o‘tkazish tartibi bekor qilindi;
  • boshqaruv kompaniyalari, investitsion kompaniya va fondlar, bank faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustav fondlarida banklarning ishtiroki taqiqlandi.

Mavzuga oid