Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahrini aylanib o‘tuvchi yo‘l qurishga ko‘rsatma berdi
Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi iqtisodiy obektlarga tashrifi doirasida shaharni obodonlashtirish borasida ko‘rsatmalar berdi.
Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahrida 15ta 9 qavatli uy, 10ta bog‘cha, supermarket, Chirchiq daryosi bo‘yida sayilgoh, shaharni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Bundan oldinroq, prezident shahardagi «O‘zkimyomash» aksiyadorlik jamiyatiga tashrifi doirasida Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan tanishgandi. Loyihalarda «Chirchiq markaziy dehqon bozori» MChJ rekonstruksiya qilish loyihasiga ko‘ra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilish, shahar markaziy istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, «Chirchiq» daryosi bo‘yida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy o‘quv maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot bor.
Mavzuga oid
16:06
Asosiy maqsad – mamlakatimizni aholisi daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga olib chiqish - Mirziyoyev
21:24 / 23.09.2024
Prezident shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi
18:54 / 23.09.2024
Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi – prezident
18:13 / 23.09.2024