Jahon | 10:45 / 12.01.2018
3017
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada bo‘lajak diplomatlarga yangi talab qo‘yildi

Foto: Reuters

Ukrainada diplomatik xizmatga qabul qilinuvchi fuqarolarni ruhshunos ko‘rigidan o‘tkazilishi majburiy qilib qo‘yildi. Mamlakat vazirlar mahkamasi bu haqdagi tegishli qarorni qabul qilgan, deb xabar bermoqda «Ukrainskiye novosti».

Ta'kidlanishicha, hujjat Ukraina TIV tomonidan «diplomatik xizmat organlariga ishga qabul qilishda ruhiy holatni aniqlashtirishni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dipxizmat xodimlari kuchli ruhiy-emotsional yuklamaga duch kelishlari tufayli ro‘y berdi».

Shuningdek maxsus izohda aytilishicha, «Diplomatik xizmat to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, diplomatlarni uzoq muddatli ish safariga ularning sog‘lig‘i bunga mos kelsagina yuborish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid