O‘zbekiston | 17:00 / 12.01.2018
8258
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda investitsion iqlim yaratiladi

Bugun, 12 yanvar kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilish to‘g‘risida»gi matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suxrob Xolmurodov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Vazir o‘rinbosari Kun.uz muxbirining investorlar uchun qanday imtiyozlar taqdim etilishi ko‘zda tutilayotgani haqidagi savoliga javob berdi.

«Ma'lum shart-sharoitlarsiz hech bir investor biron mamlakatga kirmaydi. Biz investorlarni jalb etish bo‘yicha xorij tajribasini, xususan, Singapur va BAA tajribalarini o‘rganmoqdamiz. Hozirda yangi, jozibador investitsion iqlim tashkil etish ustida ishlamoqdamiz. Investitsion iqlim esa har bir investor uchun imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutiladi», dedi Xolmurodov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid