Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Julian Assanj Ekvador fuqarosiga aylandi
WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj Ekvador hukumatiga fuqarolik olish iltimosi bilan murojaat qilgan va iltimos 2017 yil 12 dekabrda qondirilgan. Bu haqda Ekvador tashqi ishlar vaziri Mariya Fernanda Espinosa 11 yanvarda ma'lum qildi.
Espinosa matbuot anjumanda Ekvador unga murojaat qilgan odamga eng yaxshi himoya taqdim qilish uchun bunday vakolatlarga egaligini ta'kidlab o‘tgan. Vazirning ta'kidlashicha, Ekvador Assanjga diplomatik maqom berilishini so‘rab Buyuk Britaniyaga murojaat qilgan, biroq London buni rad etgan.
Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda. U WikiLeaks bilan bog‘liq faoliyati uchun Shvetsiya hukumati tomondan AQShga topshirilishidan xavotirlanib, Ekvador hukumatiga siyosiy boshpana berish iltimosi bilan murojaat qilgan. Oxirgi vaqtda Assanj tashqi dunyo bilan tvitter orqali aloqa qilgan.
Avvalroq Espinosa Ekvador Assanjga himoya taqdim qilishni davom ettirishini, biroq u atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun vositachilar izlash niyatidaligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025