Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Trampning Eron bo‘yicha bayonotiga qanday munosabat bildiradi?
Yevroittifoq AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha bayonoti oqibatlarini baholab chiqadi. Bu haqda Yevropa tashqi siyosat xizmati bayonotida aytiladi.
YeI mamlakatlari Trampning bayonotiga baho berish uchun o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishdi, biroq, Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasiga rioya etishlarini ham bildirishdi.
«YeI AQSh prezidenti Donald Trampning bugungi bayonotini e'tiborga oladi. Biz birinchi navbatda Ye3 va YeIning boshqa davlatlari bilan bu bayonot hamda uning oqibatlarini birgalikda baholash uchun harakatlarni muvofiqlashtiramiz», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Eron ballistik raketalar yaratish va ularni sinovdan o‘tkazish ishlari olib borayotgani uchun unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026