Sport | 23:18 / 14.01.2018
17193
1 daqiqa o‘qiladi

Eng qimmat himoyachi otasi sababli futbolkasida familiyasi bo‘lishini istamadi

Foto: Foto: twitter.com/LFC

“Liverpul” klubining himoyachisi Virjil van Deyk yangi klubida familiyasi ostida emas, balki ismi bilan ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda. Bunga esa 26 yoshli gollandning otasi bilan munosabatlari yaxshi emasligi sababdir.  

Ta'kidlanishicha, futbolchining otasi uning onasini 3 farzandi bilan tashlab ketgan va farzandlarini voyaga yetkazishda ishtirok etmagan. Shu sababli van Deyk otasining familiyasi uning futbolkasida bo‘lishga noloyiq degan qarorga kelgan.

Futbolchi “Liverpul”ga yaqinda “Sauthempton”dan o‘tgan. U tarixdagi eng qimmatbaho himoyachiga aylandi. Liverpulliklar u uchun 75 mln funt sterling (84,5 mln yevro) to‘lashgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid