Sport | 09:28 / 15.01.2018
10573
1 daqiqa o‘qiladi

Messi afsonaviy Myullerning rekordini yangiladi

Foto: La Liga

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya primerasining 19-turi doirasida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan o‘yinda (4:2) gol muallifiga aylandi.

Messi uchun bu Ispaniya chempionatidagi 366-to‘pga aylandi. 30 yoshli argentinalik «Bavariya»ning afsonaviy hujumchisi Gerd Myullerning «Katta beshlik»dagi alohida milliy birinchilikda urilgan gollar soni bo‘yicha rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda MESSISTATS «tvitter»i. Myuller Myunxen jamoasi uchun nemis chempionatida 365 gol urgan (427 uchrashuv). Messi esa 401-bahsida maydonga tushdi.

«Barselona» forvardi ushbu uchrashuvning 85-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid