Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 22 yil davomida qidiruvda bo‘lgan seriyali qotil-manyak ushlandi
Rossiyaning Sverdlovsk oblasti politsiyasi Yekaterinburgda 1992-2014 yillarda sodir bo‘lgan qotilliklar va nomusga tegishli holatlari seriyasida gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya IIV saytida xabar berilgan.
«Bu shaxs 1970 yilda tug‘ilgan bo‘lib, avval shunga o‘xshash jinoyatlari uchun sudlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida u qo‘lga olindi hamda qamoqqa joylashtirildi. Keyinchalik aniqlanishicha, erkak yaqin vaqt ichida Rossiyadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlar Yekaterinburgning turli tumanlarida 22 yil davomida sodir etilgan. Ta'kidlanishicha, so‘nggi sakkiz yil ichida qariyb 17 ming kishi so‘roq qilingan.
Qurbonlarning aniq soni ochiqlanmayapti, qo‘lga olingan shaxsning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026