Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon telekanali Shimoliy Koreyadan raketa uchirilganidan “ogohlantirdi”
Yaponiyaning NHK telekompaniyasi tomoshabinlarni Shimoliy Koreyadan ballistik raketa uchirilganidan va shoshilinch evakuatsiya zarurligidan ogohlantirdi. Keyinroq kanal ushbu ogohlantirishni xatolik tufayli yuborganini tan olgan.
“J-Alert ogohlantirish tizimi Shimoliy Koreyadan raketa uchirilgani sababli ishga tushgani haqida NHK sayti va dasturida tarqatilgan xabar xato bo‘lgan. Biz uzrimizni keltiramiz”, deb ma'lum qilgan telekompaniya.
Shunga o‘xshash voqea bir necha kun avval Havayi shtatida yuz bergandi. Shtat aholisi ballistik raketa xavfi haqida ogohlantirish olgan. “Havayi yo‘nalishida ballistik raketa xavfi. Zudlik bilan panagoh toping. Bu mashg‘ulot emas”, deyilgandi sms-xabarda.
Biroq keyinroq ushbu ogohlantirish soxta bo‘lgani va favqulodda vaziyatlar agentligi xodimining xatosi tufayli berilgani aniqlangan. Hukumat bu xabar noto‘g‘ri ekanligi haqida raddiya bermaguncha, aholi orasida yarim soatcha vahima kuzatilgan.
Mavzuga oid
17:53
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026