Jahon | 08:22 / 16.01.2018
5098
1 daqiqa o‘qiladi

«KXDR atom davri boshlanganidan beri asosiy tahdid sanaladi»

Foto: Aleksey Filippov/RIA «Novosti»

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, KXDR raketa dasturi atom davri boshlanganidan beri dunyoga asosiy tahdid bo‘lib kelmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

«KXDR yetakchisi Kim Chen Inda qit'alararo ballistik raketalarni uchirish bo‘yicha paydo bo‘layotgan imkoniyat – jahon atom asri boshlangan davrdan beri bilmagan tahdiddir», - deya ma'lum qildi Jonson.

Shuningdek, u AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning bu boradagi yondashuvini to‘g‘ri, deb atadi. Unga ko‘ra, Koreya yarim orolidagi vaziyat bo‘yicha xalqaro konsensus nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid