Jahon | 23:19 / 16.01.2018
2975
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik o‘qituvchilarda baholarni smartfonlarda qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi  

Qozog‘iston ta'lim va fan vaziri o‘rinbosari Asxat Aymagambetov o‘qituvchilar uchun maxsus mobil dasturlar joriy qilinishi rejalari haqida ma'lum qildi. 

“Loyihalarning ko‘rsatishicha, mobil dasturlar o‘qituvchilar uchun juda foydali va qulay. Biz bahorga yaqin bu mobil dasturlar butun mamlakat bo‘ylab keng miqyosda joriy qilinishga tayyor bo‘lishini rejalashtirmoqdamiz. Bu dasturlar birinchi navbatda o‘qituvchilar o‘z mobil qurilmalari orqali baho qo‘ya olishlari uchun zarur”, deb aytgan Aymagambetov matbuot anjumanda. 

Aymagambetov o‘qituvchilar odatdagi jurnal bilan birga uning elektron versiyasini olib borishlariga to‘g‘ri kelayotganiga e'tibor qaratdi. Uning aytishicha, vazirlik tegishli buyruqqa o‘zgartirishlar kiritgan va endi agar maktabda keng polosali internet mavjud bo‘lsa, o‘qituvchilar ma'lumotlarni ikki jurnalga ham kiritishga majbur bo‘lmaydilar. 

“Ba'zi maktablarda ham qog‘oz, ham elektron jurnallar yuritilgan holatlar bo‘lgan. Shu sababli, hozir bu muammo mavjudligini bilgan holda, vazirlik buyrug‘iga o‘zgartirish kiritdik. Agar ta'lim muassasasida keng polosali internet mavjud bo‘lsa, unda jurnallarni faqatgina elektron ko‘rinishda yuritish kerak”, deb aytgan Aymagambetov.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid