Jahon | 12:38 / 17.01.2018
30841
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada sakkizoyoq delfinni bo‘g‘ib o‘ldirdi

Foto: Marine Mammal Science

Sakkizoyoqlar o‘zini yutib yuborishga harakat qilayotgan delfinlarni o‘ldirishga qodir. Bu holatga doir birinchi noodatiy hodisa Najid Stivens boshchiligidagi avstraliyalik olimlar tomonidan Marine Mammal Science jurnalida e'lon qilindi. 2015 yilning avgustida qirg‘oqda halok bo‘lgan delfinni olimlarning laboratoriyasiga olib kelishgan. Shu bilan birga, uning og‘zidan sakkizoyoq paypaslagichlari (Macroctopus maorum) chiqib turgan.

Ma'lumki, bu suvlarda ko‘p uchraydigan delfinlar, hind afalinlari sakkizoyoqlarni ovlaydi, ba'zida ularni suv ustiga chiqarib tashlab, o‘ldirish hamda bir necha bo‘laklarga bo‘lishga harakat qiladi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, delfinlar bo‘g‘izni nafas olish yo‘llari bilan bog‘lovchi kichik tilni bo‘shashtirishi mumkin, bu katta oziq bo‘laklarini yutish uchun kerak bo‘ladi.

Biroq delfinni yorib ko‘rish shuni ko‘rsatdiki, bir yarim metrlik yutib yuborilgan sakkizoyoq yutish chog‘ida o‘lik holatda bo‘lmagan hamda o‘z paypaslagichini bo‘g‘izga tiqishga ulgurgan, bu esa delfinning bo‘g‘ilishiga olib kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid