Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldino faoliyatini rasman yakunladi
“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Ronaldino (Ronaldo de Assish Moreyra) o‘yinchilik faoliyatini rasman yakunladi.
37 yoshli futbolchining bu qarori haqida uning akasi va agenti Roberto de Assish ma'lum qildi.
“Ronaldino faoliyatini yakunladi. Bo‘ldi, tamom. Ehtimol biz 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin, avgustda nimadir kattaroq narsa o‘ylarmiz. Braziliya, Yevropa va Osiyoda tadbirlar tashkillashtiramiz. Va albatta, Braziliya termasi bilan uchrashuv tashkillashtiramiz”, deb aytgan de Assish.
Ronaldino 2015 yil sentabrda “Fluminense” tarkibida oxirgi marta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.
Mashhur futbolchi faoliyati davomida “Keretaro”, “Atletiko Mineyro”, “Flamengo”, “Milan”, “Barselona”, “PSJ” va “Gremio” klublarida ham to‘p surgan.
Ronaldino “Barselona” tarkibida Ispaniyaning 2 karra chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, “Milan” tarkibida Italiya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
U 2002 yilda Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni, 2005 yilda Konfederatsiya kubogi, 1999 yilda Amerika kubogi sohibiga aylangan.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026