Jahon | 00:48 / 18.01.2018
11573
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston aholisi Trampni oltin medal bilan mukofotladi – OAV

Foto: AFP 2018 / Nicholas Kamm

Afg‘oniston aholisi AQSh prezidenti Donald Trampni Pokistonga nisbatan pozitsiyasi uchun “Jasorat uchun” oltin medali bilan mukofotlashdi. Bu haqda Washington Examiner ma'lum qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Lohar viloyati aholisi oltin medalni tayyorlash uchun 645 dollar to‘plagan. Medal qo‘lda yasalgan.

Ta'kidlanishicha, unda “Jasorat uchun, afg‘on xalqidan Donald Trampga, AQSh prezidentiga” degan yozuv o‘yib tushirilgan. 

4 yanvarda AQSh xavfsizlik masalalari bo‘yicha Pokistonga moliyaviy yordamini to‘xtatishi ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid