Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hududiga qulagan meteorit kichik zilzila keltirib chiqardi
Foto: Videodan kadr
AQShning Michigan shtatiga tushgan meteorit 2 magnitudali zilzila keltirib chiqardi. Bu haqda The Weather Network ma'lum qildi.
Meteoritning yerga tushishi osmonda yorqin chaqnoq va gumburlagan ovoz bilan kechgan.
AQSh meteorologik xizmati meteorit Detroytdan 65 km uzoqlikda joylashgan Nyu-Xeyven shahri yaqiniga tushganini tasdiqlagan.
AQShning meteoritlarni o‘rganish jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning 6 ta shtati va Kanadaning ba'zi hududlari aholisi meteorit tushishining guvohi bo‘lganlar.
NASA Michiganga tushgan meteoritni o‘rganayotganini ma'lum qilgan. Koinot agentligi bunday hodisalar juda kam yuz berishini va u shtat uchun “ulkan voqea” bo‘lganini aytgan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40