Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Damas» olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
2018 yilning o‘tgan davr mobaynida Buxoroda qayd etilgan, firibgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan 1 ta holat ichki ishlar organlari xodimlarining shaxsiy tashabbusi bilan fosh etilib, ishonuvchan fuqarolardan turli miqdordagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishga uringan firibgarning harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda KUN.UZ'ga viloyat IIB xabar berdi.
Jumladan, Buxoro shahar, Otbozor QFY, Turun-burun qishlog‘ida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Q.O.ning arizasi yuzasidan olib borilgan tadbir davomida aniqlanishicha, Buxoro shahar, Fayzobod ko‘chasi 35-uyda yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan N.D. fuqaro Q.O.ni aldab, uning ishonchini suiiste'mol qilib, Toshkent shahridagi avtosalonlardan o‘zining vakolatli tanishlari orqali unga “Damas” rusumli avtomashina sotib olish uchun tuziladigan shartnomani olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullarni Q.O.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi hamda 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
, ,
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026