Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaynotasining dollarlarini o‘g‘irlagan kelin ushlandi
Buxoro tuman IIBga, Yangi turmush MFY, Qorajyeri qishlog‘ida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan, nafaqadagi Q.I. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs uning yashash xonadonida bo‘lgan temir sandig‘i ichidan 600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
Ichki ishlar organlari tezkor xodimlarining sa'y-harakatlari bilan ushbu jinoyat fosh etildi. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi Q.I.ning kelini, 1977 yilda tug‘ilgan M.S. qaynotasining uyda yo‘qligidan foydalanib, uning yashash xonadoniga kirib, u yerda ochiq holda turgan temir sandiq ichidan 600 AQSh dollarini yashirin ravishda qo‘lga kiritgan.
Hozirgi kunda o‘z xonadonida o‘g‘irlik qilgan kelinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026