Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muddatli harbiy xizmatchilarning bilimlari sinaldi
Foto: Mudofaa vazirligi
Toshkent shahridagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olish uchun test sinovlarini belgilangan tartibda topshirishdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Bunday muhim imtiyozga eng sara, intellektual salohiyati, jangovar mahorati yuksak posbonlar sazovor bo‘ladi. Harbiy qismlarda askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, adabiyotlarga boy kutubxonalarning mavjudligi, eng asosiysi, har bir o‘g‘lonning qalbida ona yurtga muhabbat va sadoqat hissining kuchliligi, ularning ma'rifatga, bilimga chanqoqligi test sinovlari mobaynida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Oddiy askar Sanjarbek Umaraliyevning kelajakda katta orzusi bor. U harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomasiga ega bo‘lib, u orqali Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kirishni niyat qilgan.
Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan yigitlar respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda o‘zi to‘plagan ballarning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ballga ega bo‘lish imtiyoziga ega.
Shuningdek, mazkur test sinovlari joriy yilning 16-17 yanvar kunlari mamlakatimizning hamma viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025
Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi
10:41 / 26.06.2025
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi
10:10 / 29.05.2025