Jahon | 15:20 / 18.01.2018
10107
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Oliy radasi Donbass bo‘yicha muhim qonunni qabul qildi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina Oliy radasi ikkinchi o‘qishda Donbassning reintegratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.

Hujjatda Rossiya «bosqinchi-davlat» deb ataladi, Donetsk va Lugansk oblastlarining nazoratdan tashqaridagi tumanlari hamda Qrim «vaqtinchalik bosib olingan hududlar» deya baholangan. Ukraina bu tumanlardagi barcha moddiy zarar uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi.

Bundan tashqari, «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, Kiyev bu hududlardagi faqat ikkita hujjatni tan oladi: tug‘ilganlik va o‘lim haqida guvohnomani.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid