Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonga temir yo‘l tranzitiga chegirma taqdim qildi
Foto: Foto: Asia-Plus
O‘zbekiston o‘z hududi orqali temir yo‘l yuklari olib o‘tilishi uchun Tojikistonga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma taqdim qildi.
Tojikiston transport vazirligi saytida ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni bu haqda tojik hamkasblarini telefonogramma bilan xabardor qilgan.
Keles-Quduqli, Xo‘jadavlat-Quduqli yo‘nalishlari bo‘yicha yuklarni tashishga 40 foiz chegirma beriladi.
Qoraqalpog‘iston-Quduqli yo‘nalishi bo‘yicha neft mahsulotlarini tashish uchun chegirma 30 foizni, qolgan mahsulotlarga esa 50 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekiston avval ham Tojikistonga temir yo‘l yuklari tranziti uchun anchagina chegirma bergan. 2017 yil avgustda O‘zbekiston Tojikistonga 40 foizlik chegirma taqdim qilgandi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida bir nechta davlatlararo temir yo‘l chegara o‘tish joylari mavjud. Bu o‘tish joylari Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026