Apple "aqlli" tish cho‘tkasini ishlab chiqardi
Apple saytida aqlli tish cho‘tkasi paydo bo‘ldi. Devays Colgate gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda ishlandi.
Colgate Smart Electronic Toothbrush E1 nomi ostidagi mahsulot kompaniya saytining "iPhone uchun aksessuarlar" bo‘limiga joylangan. Smart-cho‘tka narxi 99 dollarni tashkil qiladi. Manbaga ko‘ra, cho‘tka og‘iz bo‘shlig‘i xaritasini tuzadi va foydalanuvchining tishlarni qanday yuvayotganini nazorat qiladi. Undagi ma'lumotlar Bluetooth orqali Colgate Connect ilovasiga uzatiladi.
Colgate Smart Electronic Toothbrush E1'da bolalar uchun mini-o‘yin ko‘zda tutilgan. Ilova tishlarni to‘g‘ri va muntazam ravishda yuvganlik uchun virtual tangalar sovg‘a qiladi. Smart-cho‘tka faqat iPhone bilan ishlaydi, uni Apple'ning rasmiy do‘konlaridan xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
18:01 / 14.10.2024
Aqlli ko‘zoynak va kamerali AirPods: yaqin yillarda Apple’dan qanday mahsulotlarni kutish mumkin?
19:46 / 11.10.2024
Xitoyda iPhone ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari hibsga olindi
20:57 / 07.10.2024
Apple yangi qurilmalarni har yili chiqarishni to‘xtatadi - OAV
21:11 / 05.10.2024