Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsdagi hayot uchun yadro reaktori sinovdan o‘tkazildi
AQShning Nevada shtatida Kilopower kichik yadroviy reaktor muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, u kelajakda Marsdagi ilk turar-joylarni energiya bilan ta'minlashi mumkin. NASA vakillari Las-Vegasdagi anjumanda loyiha tafsilotlari haqida ma'lumot berishdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Kilopower kichik o‘lchamlari va quvvati bizga bir necha blokni bitta kemada yetkazish hamda o‘nlab kilovatt quvvat generatsiyasini ta'minlash imkonini beradi», - deya aniqlik kiritib o‘tdi NASA direktorining kosmik texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiv Yurchuk.
Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, reaktor Stirling dvigateli prinsipiga asoslangan va kam harakatlanuvchi qismlarga ega. Reaktorning uran-235ga ega eng faol zonasi qo‘lni artadigan sochiq o‘rami hajmiga ega, rejalarga ko‘ra, reaktorning keng ko‘lamli tajribalari mart o‘rtalarida boshlanadi. Bir reaktorning quvvati 1-10 kVt.ni tashkil etadi, Mars yuzasidagi odamlar bo‘ladigan stansiyaning to‘laqonli ishlashi uchun shunday qurilmalardan 4-5 tasini ishga tushirish lozim.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026