Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Temir yo‘l qatnovi tiklanadi». Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyida Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda davlat rahbari Surxondaryo viloyati faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda alohida ta'kidlab o‘tgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu tashrif yuzasidan yaqin qo‘shni davlat bilan ijtimoiy-siyosiy aloqalarni tiklash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash masalalariga e'tibor qaratilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Uzun tumani bo‘ylab O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi orqali o‘tishi rejalashtirilgan temir yo‘l qatnovini yana ishga tushirish lozimligini aytib, ushbu vazifa qisqa muddatlarda hal qilinishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z hududi orqali temir yo‘l yuklari olib o‘tilishi uchun Tojikistonga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma taqdim qilgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
07:46 / 23.08.2025