Jahon | 14:00 / 23.01.2018
5515
2 daqiqa o‘qiladi

Havayida raketa trevogasi nega darhol bekor qilinmagani aniqlandi

Foto: AP

Havayi gubernatori Devid Ayjning ma'lum qilishicha, raketa zarbasi haqidagi ma'lumot tvitterdagi sahifasiga kirish uchun maxfiy so‘z xotirasidan ko‘tarilgani tufayli tezlik bilan rad etilmagan. Bu haqda Honolulu Star Adviser gazetasi xabar berdi.

Gubernatordan xavfsizlik xizmatlari ikki daqiqadan so‘ng tahdid haqidagi xabar yolg‘on bo‘lganini aytishgan bo‘lsa-da, nega u trevogani 17 daqiqadan so‘ng bekor qilgani haqida so‘rashdi.

«Men o‘sha paytda Havayi shtatining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmasi va boshqa idoralarga qo‘ng‘iroq qilayotgan edim. Shuni tan olish kerakki, men tvitterdagi sahifam logini va unga kirish uchun maxfiy so‘zni bilmayman, bu men o‘zgartirgan bandlardan biri bo‘ldi. Men ularni telefonga yozib oldim, bu bizda ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun imkoniyat bo‘lishi kerak», - deya javob qaytardi Ayj.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid