Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finalga bir qadam. O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yini haqida
Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Birinchi yarmi finalda Qatar Vetnam bilan kuch sinashadi. Tribuna.Uz esa biz uchun kunning eng muhim o‘yiniga batafsil to‘xtaladi.
O‘yin boshlanish vaqti
Yarim final doirasidagi uchrashuvda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi janubiy koreyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport» telekanali uchrashuvni jonli efirda namoyish etadi.
Yarim finalga qadar bosib o‘tilgan yo‘l
O‘zbekiston terma jamoasi «A» guruhida avvaliga Qatar terma jamoasiga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, qolgan ikki turda terma jamoa bir xilda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ammo bu o‘rinda O‘zbekistonning keyingi bosqichga chiqishida Qatar terma jamoasining ham qaysidir ma'noda ko‘maklashganini aytishimiz mumkin. Jamoa musobaqa mezbonlari Xitoy terma jamoasini yutmaganda, O‘zbekiston bu bosqichga chiqa olmagan bo‘lishi mumkin edi.
Chorak finalda endi O‘zbekiston terma jamoasi turnirga U-21 terma jamoasini olib kelgan Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. O‘zbekistonning to‘liq ustunligi ostida o‘tgan uchrashuvda Haydarov shogirdlari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘zidan ikki yosh kichik jamoani yutgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘yinning asosiy qahramonlari Azizjon G‘aniyev (2ta golli pas) va Jasur Yaxshiboyev (2ta gol) aynan yaponiyaliklar bilan tengqur bo‘lgan U-21 terma jamoasi a'zosi ekanligi ham qaysidir ma'noda quvonarli natija bo‘ldi.
Janubiy Koreya terma jamoasi. Bugungi raqib musobaqani «D» guruhida boshlagandi. Jamoa guruh bosqichini birinchi o‘rin bilan yakunladi. Koreya avvaliga Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin Suriya bilan durang (0:0) o‘ynadi va oxirgi turda Avstraliya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Chorak finalda esa «yo‘lbarslar» turnir kashfiyotiga aylanib, kutilmaganda shu bosqichgacha yetib kelgan Malayziya terma jamoasini 2:1 hisobida yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘yin oldidan murabbiy fikri
«Yarim final uchun juda ko‘p kuch sarflandi. Bizni oldinda juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. Koreya juda kuchli jamoa va ularga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘yin namoyish etib, barchani xursand qila olamiz.
Yaponiyaga qarshi uchrashuvdagi futbolchilarning shijoatini yana ko‘rishni istaymiz. Albatta, yarim finalga ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham tayyorgarlik olib borayapmiz. Hozirda, bir necha nafar futbolchimizda kichik jarohatlar bor, ammo ularning yarim final uchrashuvida o‘ynashlari uchun hozirda barcha ishlar qilinayapti.
Koreya turnirdagi barcha uchrashuvlarni aynan bitta stadionda o‘ynayotgani va biz bu stadionda birinchi marta to‘p surishimiz, ta'sir ko‘rsatadi deb, o‘ylamayman. Biz Xitoyda o‘ynayapmiz. Aytishim mumkinki, turnirdagi barchaga sharoit bir xil», - degandi terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin oldidan.
Yo‘qotishlar
Haydarov aytganidek O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida bir qator futbolchilarda kichik jarohatlar bor edi. Xitoyga qarshi uchrashuv qahramoni Hojiakbar Alijonov Yaponiyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Shuningdek Akram Komilov ham musobaqaning dastlabki uchrashuvlardan buyon kichik jarohat bilan o‘ynamoqda. Ularning bugungi uchrashuvda ishtiroki hozircha noaniq bo‘lib turibdi.
Xullas bizni oldinda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Uchrashuvni kuzatib borishni unutmang
Osiyo chempionati U-23
Yarim final
O‘zbekiston U-23 - Janubiy Koreya U-23
23 yanvar, 16:30. Kunshan. «Kunshan Sports Center» stadioni
Mavzuga oid
07:46 / 17.05.2024
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida
19:16 / 02.05.2024
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida
10:17 / 17.04.2024
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor
16:10 / 23.11.2023