Fan-texnika | 14:50 / 23.01.2018
20424
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone XI suratlari paydo bo‘ldi

Foto: iDropNews

Ijtimoiy tarmoqlarda Apple korporatsiyasining yangi iPhone XI gadjyeti tasvirlari paydo bo‘ldi. Smartfon obrazi kompaniya mahsuloti haqidagi so‘nggi ma'lumotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Suratlar iDropNews tomonidan taqdim etildi. 

Suratlarga qaraganda yangi "olma" flagmani kichraytirilgan kesim va avvalgisidan-da ingichka hoshiyaga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi g‘oyasiga ko‘ra, Face ID datchigi (telefonni yuz orqali blokdan yechish) frontal kameraga ko‘chiriladi, bu old paneldagi kesimni kichraytirish imkonini beradi. 

Shuningdek mualliflar yangi iPhone XI'da ikki SIM-kartada ishlash imkoniga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Foto: iDropNews 
Foto: iDropNews 

KGI Securities tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, Apple joriy yilda ham 2017 yildagi kabi uch iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingan - 6,5 dyuymli displeyga ega bo‘lishi kutilayotgan iPhone X Plus hamda 6,1 dyuym LCD-displeyli, nisbatan arzon iPhone modeli shular jumlasidandir.

Foto: iDropNews 
Foto: iDropNews 

Mavzuga oid