Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda O‘zbekiston avtomobillari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumiy boshchiligidagi delegatsiya a'zolari “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O‘zA jamiyat matbuot xizmatiga asosan.
Delegatsiya a'zolari Afg‘onistonda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan GM Uzbekistan, SamAuto hamda JV MAN Auto Uzbekistan avtomobillariga qiziqish yuqoriligi qayd etib, mazkur korxonalar mahsulotlarini tez fursatlarda Kobuldagi O‘zbekiston savdo uyida ko‘rish istagida ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda Afg‘oniston prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, kompleks rahbari Nodir Otajonov, davlat rahbarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev hamda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov avtomobilsozlikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.
“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Afg‘onistonda xarid qilish, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish, kadrlar malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026