Slovakiyaning yangi elchisi O‘zbekistonga keldi
24 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Slovakiyaning yana tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, elchi ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etgan.
Uchrashuv davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro savdoni oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish uchun katta salohiyatga ega va shu sababli O‘zbekiston hamda Slovakiya biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirishga tayyorlar.
Uchrashuvda qator xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:10 / 10.10.2024
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
23:59 / 08.10.2024
Slovakiya bosh vaziri OAVni nazorat qiladigan boshqarma tuzish kerakligini aytdi
11:00 / 08.10.2024
Slovakiya bosh vaziri Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
22:37 / 07.10.2024