Sport | 19:10 / 24.01.2018
49237
2 daqiqa o‘qiladi

Umid Ahmadjonov O‘FF prezidentligidan ketishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘FF prezidentligida bir vaqtda faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov bu vaqtinchalik holat ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Avvalo, meni ushbu lavozimga (MOQ prezidentligiga) munosib ko‘rgan davlatimiz rahbariga yuksak ishonchlari uchun cheksiz minnatdorlik izhor etaman. Zimmamga qanday mas'uliyat yuklanganligini juda yaxshi his etib turibman, shunday ekan, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlash uchun ikki karra kuch va g‘ayrat bilan ishlashga tayyorman.

Ikki tashkilotga rahbarlik qilishim bu vaqtinchalik bo‘lib, joriy yilning 25 yanvarida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi va unda tashkilotga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Futbol federatsiyasida rahbarlik vakolatimni topshiraman.

Ammo bu futboldan butunlay ketaman degani emas. Chunki o‘zbek futbolida boshlab qo‘ygan bir qator yangi loyiha va rejalarimiz bor, ularni nihoyasiga yetkazmay turib, ortga chekinish adolatdan bo‘lmaydi», deya gapirib o‘tgan Ahmadjonov «Xalq so‘zi»ga bergan intervyusida.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid