O‘zbekiston | 13:12 / 24.01.2018
8435
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta hattotlar festivali o‘tkaziladi

Foto: O‘zA

Joriy yilning 1-3 fevral kunlari Toshkent shahrida I Respublika hattotlik festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Hikmatlar olami” nomi ostida o‘tkaziladigan festival hattotlarning ishlarini keng yoyish, ularni xalqimizga keng tanishtirish, ijodlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, hattotlik uslubida tayyorlangan qo‘lyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san'at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash ishlari hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritildi.

Festival poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid