Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko o‘zini Tsitseron bilan taqqoslamaslikka chaqirdi
Foto: RIA "Novosti"
Ukraina poytaxti Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida o‘zini notiqlik san'atida qadimiy Rim siyosiy arbobi Tsitseron bilan taqqoslamaslikka chaqirdi.
«Meni Tsitseronga o‘xshamasligimda, chiroyli gapira olmasligimda ayblashlari mumkin. Biroq menga gapirayotgan narsalarimga berilgan baholar qiziq emas. Asosiysi – men nima qilayotganimni baholashlari. So‘zlar emas, balki ishlar natijasi muhim. Xuddi sportdagi kabi», - deya Klichkoning so‘zlarini keltiradi «Ukrainskiye novosti».
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Klichko Kiyevdagi yo‘l sifatini mototsiklda tekshirib ko‘rgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:39
Yevroparlament Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirishga chaqirdi
14:16
Ukraina: Germaniya Rossiyani tinchlik muzokaralarida murosaga chaqirmoqda
10:42
Dron zarbalari: RF neft kompaniyalari yo‘qotishi 1 trln rubldan oshdi
15:07 / 09.02.2026