Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko Kiyevdagi yo‘l sifatini mototsiklda tekshirib ko‘rdi
Kiyev shahri hokimi Vitaliy Klichko 1 sentabr kuni kechqurun shahar ko‘chalari bo‘ylab yo‘llar sifatini tekshirish maqsadida mototsiklda sayr qildi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
«Kecha yangilangan Vozduxoflotsk shoh ko‘chasini mamnuniyat bilan tekshiruvdan o‘tkazdim. Motosikllarda, «Kiyevavtodor» rahbari bilan. Yo‘l sifati, ta'mirlash ishlari qanday bajarilgani ikkita g‘ildirakda yaxshiroq his etiladi», - deya yozdi u.
Sobiq bokschining ma'lum qilishicha, «vaqti-vaqti bilan shunday sayrlarni amalga oshirib turadi».
Shuningdek, Klichko mototsiklda ketayotgani tasvirlangan videoni ham e'lon qildi.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026