Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov vakolatlarini topshirdi, O‘FFga yangi prezident saylandi
Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilindi.
Hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti saylandi.
«Kun.uz» muxbirining xabar berishicha, biroz avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov vakolatlarini topshirdi va uning o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov saylandi.

O‘z navbatida Ahmadjonov Ochilboy Ramatov o‘rniga tashkilot vitse-prezidenti bo‘ldi. Federatsiyaning boshqa vitse-prezidentlari o‘zgarmagan.
Qayd etish kerakki, Ochilboy Ramatov Toshkentning «Lokomotiv» klubi homiysi hisoblanadigan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisidir.
Mavzuga oid
17:48 / 03.12.2025
Gulistondagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
12:22 / 16.11.2023