Ochilboy Ramatovning parlament so‘roviga yuborgan javobi deputatlarni qoniqtirmadi
Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning yo‘l harakati xavfsizligiga oid yuborilgan parlament so‘roviga javobidan qoniqmaganini bildirishdi. Ramatov 1 dekabrgacha qo‘shimcha javob berishi kerak.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida» parlament so‘roviga yuborgan javobi Qonunchilik palatasi deputatlarini qoniqtirmadi.
19 sentabrda yuborilgan Parlament so‘roviga bosh vazir o‘rinbosari tomonidan 26 oktyabrda javob berilgan. Belgilangan tartibda ushbu javob barcha siyosiy partiyalarning fraksiya yig‘ilishlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Solihovning qayd etishicha, respublikada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan va taqdim etilgan ma’lumotlarda bu o‘z aksini topgan.
“Lekin shu bilan birga Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorda ko‘zda tutilgan savolga yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmagani, javoblar to‘liq bo‘lmagani uchun fraksiyalar, deputatlar tomonidan ushbu masalani yana qayta ko‘rib chiqish taklifi bildirilgan. Ya’ni bosh vazir o‘rinbosariga ushbu masala bo‘yicha qo‘yilgan savollarga to‘liq javob berish[ni so‘rash — tahr.] to‘g‘risida qaror qabul qilish taklifi berildi.
Ushbu taklifdan kelib chiqib, qo‘mitamiz tegishli qaror loyihasini tayyorladi. Qarorda taqdim qilingan ma’lumot axborot uchun qabul qilinyapti va shu bilan birga qo‘yilgan savollarga yetarli tushuntirish berilmagani ham qayd etildi”, – dedi deputat.
Fraksiya qarorida shundan kelib chiqib, 1 dekabrgacha bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha javob berishi to‘g‘risidagi band kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi: 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan
Jahon | 14:00
-
Maoshi oshayotgan qirg‘izlar, to‘xtatilgan layk javobgarligi va «qora» turkman paxtasi
Jahon | 13:50
-
Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?
Jamiyat | 12:35
Mavzuga oid

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:00 / 23.04.2025