Jahon | 09:30 / 26.01.2018
13439
2 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi 3000 yillik Ramses II haykali yangi joyga ko‘chirildi (fotojamlanma) 

Qohirada ulkan Ramses II haykalini ko‘chirish bo‘yicha operatsiya yakun topdi. Gizadagi piramidalar majmuasida joylashgan, 3000 yildan ko‘proq tarix va 83 tonna og‘irlikka ega 11 metrlik haykal maxsus tirkamalarga yuklanib, tashish uchun mahkam qilib o‘rnatildi. Qadimiy haykal yuklamani minimallashtirish uchun vertikal holatda tashilgan. Haykal tashiladigan trassa oldindan tekislanib, mustahkamlangan. Operatsiya yakunlangandan keyin haykal yangi Katta Misr muzeyi vestibyulida o‘rnatildi.

Pushti granitdan yasalgan haykal Memfisda aniqlanib, 1954 yilda Qohiraning Vokzal maydonida o‘rnatilgan. Haykalga transport harakatidan doimiy vibratsiya sababli shikast yetmasligi uchun uni Giza platosiga 2006 yilda ko‘chirishga qaror qilingandi.

Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters
Foto: Mohamed Abd El Ghany/Reuters

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid