Özbekiston elçixonasidan ma’lum qilinişiça, unda misrlik taniqli tadbirkorlar bilan birga mamlakat elçisi, Misr Taşqi işlar vazirligi, Boş xorijiy investitsiyalar agentligi (General Authority For Investmens) vakillari ham iştirok etdi.
Tadbir çoğida işbilarmon va davlat arboblaridan biri, Misr Vakillar palatasi (parlamenti) qömitasining raisi, Polyserve For Fertilizers and Chemicals kompaniyasi rahbari Şarif al-Gabali kengaş raisi, Misr işbilarmonlari uyuşmasi raisi, Nahdet Misr Co. For Agro Industries kompaniyasi boşqaruvçi direktori Helmi Ali Issa uning örinbosari etib saylandi.
Kengaş raisi Şarif al-Gabali misrlik tadbirkorlarni Özbekiston bilan özaro savdo va investitsiya hajmini oşirişda faol iştirok etişga çaqirdi. U uzoq muddatli hamkorlikka tayyor bölgan salohiyatli özbek tadbirkorlarini Özbekiston-Misr işbilarmonlari kengaşiga jalb etiş maqsadga muvofiq bölişini qayd etdi.

















