Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qohirada “yadroviy beshlik” vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Iyun oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiyadan kelgan ekspertlar strategik xavflarni kamaytirish va yadroviy doktrinani muhokama qildi, deya xabar berdi Davlat departamenti.
Qohirada yadro quroliga ega beshta davlat (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya) vakillarining amaliy uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda 23 iyun, juma kuni AQSh Davlat departamenti xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv 13-14 iyun kunlari Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YaQsh) muhokamasi doirasida bo‘lib o‘tgan. “Tegishli tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari ekspertlari strategik xavflarni kamaytirish, shuningdek, yadroviy doktrinalar va siyosatlarni muhokama qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Uchrashuvda AQShdan Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi, shuningdek, Milliy yadro xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi. Boshqa davlatlardan kimlar vakil bo‘lgani haqida xabar berilmagan.
"AQSh delegatsiyasi delegatsiyalarning professional yondashuvini va mudofaa vazirliklari vakillari tematik munozaralarga qo‘shilganini ma’qulladi", deya ma’lum qildi Davlat departamenti va AQShning hozirgi raisligi ushbu formatda "muhim masalalarni muhokama qilishga ko‘maklashish sa’y-harakatlarini davom ettirishini" qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Mavzuga oid
08:40 / 27.02.2026
Jyenevada Eronning yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi
09:51 / 01.11.2025
«Yaqin orada bilib olasiz»: Tramp yadro sinovlari borasida aniq javob bermadi
14:01 / 29.10.2025
Yadroviy obektlarda chiqindilar bilan ishlash me’yorlari tasdiqlandi
09:02 / 25.11.2024