«Namunaviy ta'lim muassasasi» mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi
Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Shavkat MIRZIYoYeV
2018 yil 25 yanvar kuni Uychi sanoat, transport va aloqa kasb-hunar kollejida “Namunaviy ta'lim muassasasi” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari F. Rizayev, Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i B. Tojimatov, Uychi tuman hokimi o‘rinbosari A. Rahmatov hamda viloyatdagi kasb-hunar ta'limi muassasalari direktorlari, ularning o‘quv ishlari va kasbiy ta'lim bo‘yicha o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
Seminar ishtirokchilari kollej o‘quv ustaxonalarida o‘tkazilayotgan o‘quv amaliyotlari bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng mehmonlar mazkur kollej direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari I. Rustamovning "Pedagog-xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualarning ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati", kollej direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari G. Karimovaning "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda mahalla fuqarolar yig‘ini, profilaktika inspektorlari va yoshlar ittifoqi tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi ishlar tajribasi", ta'lim muassasasi direktorining kasbiy ta'lim bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Mamajanovning "Bitiruvchilar bandligini ta'minlash" mavzularidagi taqdimotlari bilan tanishdilar.
Seminar yakuniy yig‘ilishini O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari F. Rizayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida "Namunaviy ta'lim muassasasi" mavzusida tashkil etilayotgan seminarlarning maqsadi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i B. Tojimatov so‘zga chiqib, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, bitiruvchilarni bandligini ta'minlash borasida viloyatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, yo‘l qo‘yilgan kamchilliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berdi.
Seminar davomida “Ta'lim muassasasi moddiy texnika bazasi va obodonlashtirish ishlari to‘g‘risida”gi Uychi sanoat, transport va aloqa kasb-hunar kolleji direktori M. Zaitovning taqdimoti tinglandi.
Ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan vakillar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Seminarda eng yaxshi innovatsion g‘oyalari bilan qatnashgan viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining iqtidorli o‘quvchilari viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasining diplomi bilan taqdirlandilar.
Ikromjon Choriyev,
Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi mutaxassisi.
Botirali Pirmatov olgan suratlar.
Mavzuga oid
14:51 / 19.06.2024
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
14:14 / 07.04.2024
O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida kollejlar soni keskin kamaydi
14:48 / 08.11.2023