“2024-2025 öquv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş boşlandi. Abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bölimi orqali amalga oşirilmoqda.
Röyxatga oliş 2024 yil 5 iyundan 25 iyunga qadar (şu kuni ham) amalga oşiriladi”, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Röyxatdan ötiş qanday tartibda böladi?
Abituriyent röyxatdan ötiş oynasiga pasport seriyasi va raqami, şaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami va parol kiritadi. U şaxsga doir ma’lumotlardan foydalanişga rozilik bergaç, ma’lumotlari tasdiqlanadi.
Ma’lumotlari tasdiqlangaç, qabul bölimiga kiradi. Abituriyentning yaşaş manzili avtomatik tasdiqlanadi, agar tasdiqlanmasa, abituriyent bu ma’lumotlarni özi kiritadi. Söng özi tugatgan maktabni tanlaydi. 2024 yilda maktabni tugatgan abituriyentlar bu ma’lumotni kiritişi şart emas, sababi ularning ma’lumotlari avtomatik kiritiladi. Abituriyent özi ega bölgan sertifikatlarni ham kiritişi kerak böladi.
Bundan taşqari, abituriyent biror turdagi imtiyozga ega bölsa, bu ma’lumotlar tegişli vazirlik tomonidan avtomatik kiritiladi. Agar hujjat topşirişda tegişli imtiyoz körinmasa, unda imtiyozni beruvçi vazirlikka murojaat qilişi kerak.
Hujjat topşirişning birinçi bosqiçida test topşiriş hududi, til va alifbo, fanlar majmuasi tanlanadi.
Alohida iqtidor talab qiladigan yönalişga hujjat topşiruvçi abituriyent imtihon topşiradigan OTMni ham tanlaşi kerak.
Hamma ma’lumot kiritilgaç, abituriyent uçun qayd varaqasi şakllanadi.
Eslatma: abituriyent röyxatdan ötiş tugagunga qadar (25 iyungaça) özi kiritgan ma’lumotlarni tahrirlaşi va tölovni amalga oşirişi mumkin.
Joriy yilda örta ta’limni tugatgan abituriyentlar tölovdan ozod qilingan.
Bundan taşqari, nogironligi bölgan şaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar şaharçasining bitiruvçilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari, “Yoşlar daftari”da röyxatda turuvçi yoşlar kiriş imtihonlarida qatnaşiş uçun tölov qilmaydi.













