Jahon | 17:00 / 27.01.2018
8680
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: Rossiyaga qarshi sanksiya siyosati faqat kuchayib boradi 

Foto: EPA

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiya siyosati bundan keyin ham kuchayib boradi.

U AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishiga izoh berib, bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozdi.

«AQSh Moliya vazirligining Rossiyaga qarshi sanksiya ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha qarorini ma'qullayman. Bu ushbu davlatning Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi tufayli yuz berdi. Davosda amerikalik rahbarlar bilan uchrashuvlarim menda shunday ishonch uyg‘otmoqdaki, Rossiyaga qarshi sanksiya siyosati faqatgina kuchayib boradi. Bu Ukraina o‘z hududiy yaxlitligini to‘la tiklamagunga qadar davom etadi», - deya yozgan Poroshenko.

26 yanvar kuni AQSh Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgani xabar qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid