Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng katta noyadroviy bomba modernizatsiya qilindi
AQSh harbiy-havo kuchlari o‘zining eng kuchli noyadroviy o‘q-dorisi – GBU-57 aviabombasini modernizatsiya qildi. Bu haqda HHK vakili kapitan Emili Grabovskiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bombaning yangi modifikatsiyasi “yer ostida chuqur joylashgan va yaxshi himoyalangan nishonlarga qarshi samaraliroqdir”. Og‘irligi 13 tonna va deyarli 2,5 tonna portlovchi moddaga ega bu bomba tuproq ichiga 61 metrgacha kirib borishga qodir. Uni faqat B-2 bombardimonchi samolyoti olib yura oladi. GBU-57 Shimoliy Koreyadagi yer osti inshootlariga qarshi qo‘llanishi mumkin.
B-2 samolyotlari yanvarda AQShga qarashli, Tinch okeanidagi Guam oroliga joylashtirilgan. Grabovski bu hududga GBU-57 bombalari jo‘natilgani-yo‘qligi haqida hech narsa aytmagan.
AQSh 2017 yil aprelida Afg‘onistonda GBU-43/B bombasini qo‘llagandi. Bomba “barcha bombalarning enasi” degan norasmiy nom ham olgan. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, 9,5 tonnalik bombaning portlashi 36 terrorchini yo‘q qilgan. Biroq keyinroq OAVda jangarilar bomba portlashi oqibatida talofat ko‘rishmagani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026