O‘zbekiston | 23:15 / 29.01.2018
21415
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil fevral oyida  Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab bergan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveytsariyadan zamonaviy va energiya tejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.  

Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, “LT Textile International” mas'uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma'lumot berildi.

Mavzuga oid