Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab bergan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveytsariyadan zamonaviy va energiya tejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.
Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.
Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, “LT Textile International” mas'uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
18:11 / 07.10.2024