Asr avvalida Özbekiston va AQŞ munosabatlari strategik darajaga kötarilib, keng kölamli harbiy va siyosiy hamkorlik rivojlana boşladi. 2001 yil 11 sentabr voqealari fonida har ikkala tomon uçun ham umumiy manfaatlar paydo böladi. Kun.uz Amerika harbiy xizmatçilarining Özbekistondagi 4 yillik faoliyati, ikki davlat aloqalarining tösatdan sovuqlaşib ketişi, radiatsiya va zaharlaniş bilan boğliq holatlar haqida hikoya qiladi.

AQŞ harbiylarining Özbekistonga kirişi

2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin AQŞ «Al-Qoida» terroristik guruhiga qarşi global uruş e’lon qiladi. Guruhning asosiy tayanç nuqtasi Afğonistonda joylaşgandi. Amerika prezidenti Jorj Buş Markaziy Osiyo davlatlariga murojaat qilib, terrorçilarga qarşi tezkor hujumlar uçun ularning aerodromlaridan vaqtinçalik foydalanişga ruxsat söraydi. Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov uşbu iltimosga birinçilardan bölib ijobiy javob beradi. 2001 yilning oktyabr oyida AQŞ mudofaa vaziri Donald Ramsfeld Toşkentga şoşilinç taşrif bilan keladi va Özbekiston rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi. Öşa paytda har ikkala tomon uçun ham umumiy manfaatlar paydo böladi.

Donald Ramsfeld (örtada) va Islom Karimov (çapda) Toşkentdagi uçraşuvdan söng.

Birinçidan, AQŞ Afğonistondagi harbiy amaliyotlar uçun geografik jihatdan qulay tayanç punktiga muhtoj edi. Özbekiston Afğonistonga qöşni mamlakat hisoblanib, Sovet Ittifoqidan qolgan aerodromlar infratuzilmasiga ega bölgan.

Ikkinçidan, öşa paytda Özbekistonda ham notinçlik hukm surar, Karimovning turli ekstremistik guruhlardan kelişi mumkin bölgan tahdidlardan xavotiri oşib borardi. Amerika tomoni Özbekistonning hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid bölsa, jiddiy e’tibor bilan qaraşini va vaziyat taqozo etsa yordam körsatişini bildiradi. Şuningdek, mamlakatdagi inson huquqlari bilan boğliq tanqidlarga ham köz yumilişiga işoralar beriladi.

2001 yilning 5 oktyabr kuni Özbekiston rasmiy ravişda AQŞ harbiy samolyotlari va askarlarining mamlakat hududida joylaşişiga ruxsat beradi. Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani yaqinidagi Xonobod aerodromi (K2) Amerika harbiylari foydalanişi uçun ijaraga beriladi. Şu tariqa ikki davlatni terrorizmga qarşi kuraşdagi umumiy manfaatlar birlaştirdi va Moskva e’tirozlariga qaramasdan, Toşkent va Vaşington örtasida harbiy hamkorlik yölga qöyiladi.

Qarşi-Xonobod harbiy bazasi

Qarşi–Xonobod aerodromi nima vazifani bajargan?

Özaro kelişuvga köra amerikalik harbiylar Özbekiston hududiga kirib kela boşlaydi. Xususan, 2001 yilning özida AQŞning 10-gornizon diviziyasi ştab-kvartirasi K2 bazasiga joylaştiriladi. Qarşi– Xonobod aerodromidan töğridan töğri Afğoniston hududiga havo hujumlarini uyuştiriş uçun foydalanilmagan. K2 Afğonistonga askar va texnika yetkazib beradigan logistik markaz, transport va tibbiy evakuatsiya punkti hamda razvedka va qöllab-quvvatlovçi parvozlar amalga oşiriluvçi hudud vazifasini bajargan hamda yordamçi baza sifatida işlatilgan. Asosiy harbiy harakatlar Qirğiziston (Manas), Pokiston va Afğonistonning içidagi aerodromlardan amalga oşirilgan. Qarşi–Xonobod bazasida har doim 1300 nafardan kam bölmagan harbiy xizmatçilar bölgan, 2001-2005 yillar mobaynida esa rotatsiya böyiça 10 ming 100 nafardan 15 ming 777 nafargaça AQŞ qöşinlari kelib-ketadi.

Foto: Johnny Lee

Pentagon tomonidan K2 aerodromidan foydalangani uçun qança tölov amalga oşirgani haqida aniq ma’lumotlar yöq. Ayrim manbalarda inşoot amerikaliklarga tekinga ijaraga berilgani, Pentagon xizmatlar, infratuzilmani yaxşilaş va logistika uçun umumiy hisobda qariyb 39 mln dollar pul bergani haqidagi ma’lumotlar uçraydi.

Harbiy hamkorlik fonida AQŞ–Özbekiston siyosiy aloqalari ham mustahkamlana boşlaydi. 2002 yil mart oyida Islom Karimov Amerikaga rasmiy taşrif bilan boradi. Muzokaralardan söng mustaqil Özbekiston tarixida birinçi marta Strategik şeriklik va hamkorlik töğrisidagi deklaratsiya aynan Qöşma Ştatlar bilan imzolanadi.

Islom Karimov va AQŞning 43-prezidenti Jorj Buş. Foto: politico

Taqqoslaş uçun, xuddi şunday strategik şeriklik munosabatlari Rossiya bilan 2004 yilda örnatilgan. Hujjatda AQŞ Özbekistonning xavfsizligiga tahdid soluvçi har qanday xatarga jiddiy qaraşini va Toşkentning mudofaa sohasidagi ehtiyojlarini qanoatlantirişga e’tibor qaratişini bildiradi. Öz navbatida, Özbekiston içki siyosiy islohotlarni boşlaşga, jumladan, köppartiyaviy tizim joriy etiş, mustaqil ommaviy axborot vositalarini röyxatdan ötkaziş, nodavlat taşkilotlarga erkinlik beriş hamda sud-huquq tizimini isloh qilişga va’da beradi.

AQŞ harbiylarining Özbekistondan çiqarib yuborilişi

2005 yil bahoriga kelib AQŞ–Özbekiston aloqalarida jiddiy sovuqçilik yuzaga keladi. Şu yilning 13 may kuni Andijon şahrida sodir bölgan qonli voqealar munosabatlarning yomonlaşuvida buriliş nuqtasi böldi. Özbekiston tomoni AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga diplomatik nota yuboriş orqali Xonoboddagi amerikaliklarga 180 kun davomida mamlakat hududini tark etişlarini söraydi. Masalan, öşa paytda Termizda Germaniya harbiy kontingenti ham faoliyat olib borayotgandi. Ammo nemis tarafiga bunday talab qöyilmaydi. Germaniya harbiylari 2015 yilning oxirigaça Özbekiston hududida qoladi.

Amerikaliklarga keskin talabning qöyilişi Andijon voqealaridan söng Qirğizistonga qoçib ötgan 450 nafarga yaqin özbekistonlikni AQŞ tomoni maxsus reys bilan Ruminiyaga uçirtirib yuborgani böladi. Bundan taşqari, 2005 yil iyul oyidagi Şanhay Hamkorlik Taşkiloti sammitida mintaqadagi AQŞ harbiy bazalari borasida muhim bayonot qabul qilinadi. Unda “antiterror koalitsiyasi kuçlari” Markaziy Osiyodan çiqib ketişi uçun aniq muddat belgilaş lozimligi qayd etildi, bu esa asosan AQŞning Özbekiston va Qirğizistondagi bazalariga qaratilgandi. ŞHT bayonoti “Afğonistondagi jangovar harakatlarning faol fazasi yakunlanib borayotgani” bilan izohlanadi. 

Şuningdek, 2003-2005 yillarda Gruziya, Ukraina va Qirğizistonda röy bergan “rangli inqiloblar” Özbekistonning birinçi ma’muriyatini sergak torttiradi. Şu tariqa, rasmiy Toşkent öz taşqi siyosat vektorlarini “kollektiv Ğarbdan Şarqqa” tomon bura boşlaydi. 

2005 yilning oxiriga kelib AQŞ harbiylari Xonobod aerodromini töliq tark etadi. Samolyotlar, texnika va askarlar bosqiçma-bosqiç köçiriladi. Ularning asosiy qismi Qirğizistondagi Manas bazasiga ötkaziladi. Qolgan bir qismi esa Afğonistondagi Bagrom va boşqa bazalarga joylaştiriladi. K2 yana Özbekiston harbiy-havo kuçlari ixtiyoriga ötadi.

K2 aerodromi, 2005 yil
K2 aerodromi, 2006 yil

Radiaktiv zaharlaniş

Oradan bir qança yil ötib, Xonobod aerodromi yana e’tibor markaziga tuşdi. Bunga 2019 yil dekabrda McClatchy naşrida çop etilgan suriştiruv turtki böldi. Unda Özbekistonda xizmatini ötaşga töğri kelgan kamida 61 erkak va ayol amerikalik harbiy xizmatçining sirli ravişda saraton kasaliga mubtalo bölgani yoki vafot etgani keltirilgandi.

Qarşi-Xonobod aviabazasida kuçli yomğir natijasida suv ostida qolgan çodirlar. Foto: Tony Harris

Buning ortidan Qöşma Ştatlarda katta rezonans yuzaga keldi. Köplab bahs-munozaralardan keyin mamlakat Mudofaa vazirligining köp varaqli 10 dan ortiq yopiq hujjatlari 2020 yilning yoziga kelibgina jamoatçilikka birinçi bor e’lon qilinadi. Unda haqiqatda harbiy xizmatçilar radiatsiya va toksik zaharlanişga moyil muhitga röbaro‘ kelganlari tan olinadi.

2021 yilning 19 yanvar kuni Donald Tramp birinçi prezidentligining oxirgi kunlarida Qarşi–Xonobod bazasida xizmat qilgan barça faxriy harbiylarni tibbiy körikdan ötkaziş töğrisida farmon imzolaydi. Ma’lum qilinişiça, uşbu zona kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta işlangan uran va boşqa xavfli moddalar bilan zaharlangan bölgan.

Foto: Tony Harris

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Mudofaa vazirligi rasmiylari ham izoh bildirib, tarqalgan xabarlarni “mutaxassis bölmagan odamlarning fikri” deya baholagandi. Ekologiya qömitasi esa aerodrom böyiça örganiş olib borilayotganini ma’lum qilgandi, ammo yakuniy xulosalar e’lon qilinmadi.

Yangi baza haqidagi miş-mişlar

2021 yilning aprel oyida Amerikaning ikki nufuzli naşri Wall Street Journal va The New York Times’da AQŞ va NATO qöşinlari Afğonistondan olib çiqib ketilişi yoki ular sonining keskin qisqartirilişi munosabati bilan mintaqada kelgusidagi harbiy amaliyotlarni ötkaziş huquqini oliş maqsadida Pentagon rasmiylari Tojikiston, Özbekiston va Qozoğiston bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Şu yilning oktyabr oyida Pentagon rasmiylarining Özbekistonga taşrifi kutilayotgani va uçraşuvlarda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etilişi ma’lum qilindi. Şundan söng sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga AQŞ harbiy bazalarini joylaştiriş masalasi körib çiqilmayotganini, lekin terrorizmga qarşi kuraş böyiça xalqaro şartnomalar doirasida ikki davlat razvedka ma’lumotlarini almaşişi mumkinligini ta’kidlab, miş-mişlarga nuqta qöygandi.

Harbiy doktrina va Taşqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, Özbekistonning harbiy-siyosiy bloklarda qatnaşmasligi hamda öz hududida xorijiy harbiy bazalar va obektlarni joylaştirişga yöl qöymasligi qonuniy asoslar bilan belgilab qöyilgan.

Qayd etiş kerakki, Özbekiston Qurolli kuçlari mamlakat milliy manfaatlarini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinç hayotini himoya qiliş, uruşlar va qurolli mojarolarni qaytariş va oldini oliş böyiça yetarli salohiyatga ega hamda harbiylaştirilgan taşkilotlarga a’zo bölişi va boşqa mamlakatlar harbiy bazalarini Özbekistonga joylaştiriş uçun heç qanday ehtiyoj mavjud emas. 

Doston Ahrorov tayyorladi