Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sevilya» oxirgi daqiqada g‘alabani boy berdi (La Liga turnir jadvali)
Ispaniya chempionatining 21-turida «Sevilya» o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qildi. «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi - 1:1.
O‘yinning 72-daqiqasida andalusiyaliklar jamoasi Luis Murelning aniq zarbasidan keyin hisobni ochdi. Ammo qo‘shimcha daqiqalar o‘tayotgan vaqtda mehmonlar jamoasi forvardi Rodriges Anxel javob golini urdi.
Endilikda «Sevilya» 33 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda, «Xetafe» 28 ochkosi bilan to‘qqizinchi pog‘onada joylashgan.
Bu turda «Leganes» «Espanol» ustidan g‘alaba qozondi. Leganesdagi «Munisipal de Butarke» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 11-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Mario Kanseko o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim boshida Mark Navarro hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada Migel Gerrero mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 13 daqiqa o‘tib mehmonlar himoyachisi Mario Kanseko mezbonlar uchun yana bitta gol urdi, o‘yin oxirida Kanseko endi raqib darvozasini ishg‘ol etdi - 2:3.
Bu g‘alabadan keyin «Leganes» ochkolari sonini 28taga yetkazdi va Primera turnir jadvalida 10-o‘ringa joylashdi. «Espanol» 24 ochkosi bilan — 14-pog‘onada.
Ispaniya chempionati
21-tur
Sevilya – Xetafe 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 72 Muriel, 1:1 – 90 Anxel.
Sevilya – Riko, Navas, Merkado, Langle, Eskudero, Nzonzi, Banega, Sarabiya (Pisarro, 81), Vaskes (Nolito, 68), Korrea, Ben-Yyedder (Muriel, 56).
Xetafe – Guaita, Dakonam, Bruno Gonsales, Kala, Antunesh, Bergara (Mora, 39), Arambarri (Pacheko, 75), Portilo, Sibasaki (Fajr, 60), Dediu, Anxel.
Ogohlantirishlar: Kala (64), Bruno Gonsales (69), Mora (74), Merkado (76), Riko (90), Nolito (90).
Leganes – Espanol 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 11, avtogol Ermoso, 1:1 – 49 Mark Navarro, 2:1 – 69 Gerrero, 3:1 – 82, avtogol Ermoso, 3:2 – 88 Ermoso.
Leganes – Kuelyar, Saldua, Bustinsa, Mantovani, Raul Garsiya, Brashanats, Gumbau, Ramos (Munos, 78), Pires (Amrabat, 60), Naranxo (Serra, 68), Gerrero.
Espanol – Lopes, Mark Navarro, Duarte, Ermoso, Karikol, Sanches, Lopes Silva, Granero (Xurado, 81), Baptistao, Moreno, Garsiya (Darder, 68).
Ogohlantirishlar: Granero (40), Gerrero (62), Duarte (74), Darder (86), Bustinsa (90), Baptistao (90).
Tur o‘yinlari
Turnir jadvali
Mavzuga oid
14:10 / 03.03.2024
Ispaniyada mojaro, «Liverpul»da aql bovar qilmas yakun. Yevropada kun o‘yinlari
13:58 / 04.01.2024
«Real» qiynaldi, «Jirona» yana iroda ko‘rsatdi. Kun o‘yinlari yakunlari
21:04 / 04.09.2023
«Sevilya» Ramos qaytganini e’lon qildi
12:12 / 17.08.2023