O‘zbekiston | 12:30 / 30.01.2018
88614
1 daqiqa o‘qiladi

Eski haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini olish qanchaga tushadi?

Hukumatning 2017 yil 2 martdagi qaroriga asosan haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni o‘rniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi (120 568 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid