Jahon | 19:12 / 30.01.2018
25034
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

Dunyoda eng keksa erkak hisoblangan ispaniyalik Fransisko Nunes Olivera 113 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 30 yanvarda EFE axborot agentligi xabar berdi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, qariya 29 yanvarda Benvenida munitsipalitetidagi uyida hayotdan ko‘z yumgan.

Olivera 1904 yil 13 dekabrda tug‘ilgan. 1925 yilda armiyaga xizmat qilgani borgan, Ispan-frank-marokash urushi va fuqarolik urushida ishtirok etgan. Shundan keyin u o‘z ona shahrida yashab, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. 1988 yilda qariya beva bo‘lib qolgan. Uning ortidan 4 farzandi, 9 nabirasi va 15 evarasi qoldi.

Olivera o‘tgan yil yozida Isroilning Xayfa shahrida yashovchi Israel Krishtal 114 yoshida vafot etgandan keyin dunyoning eng keksa erkagiga aylangandi. 

Ayni vaqtda dunyodagi eng keksa odam 1900 yil 4 avgustda tug‘ilgan yaponiyalik ayol Nabi Tadzima hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid