Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia 3310'ning yangilangan versiyasi namoyish qilindi
Foto: Nokia
Nokia brendi huquqlariga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi tugmali 3310 telefonining yangi versiyasini namoyish qildi. Qurilma Xitoyda taqdim etildi, tez orada uning jahon bozoriga chiqishi kutilmoqda. GizmoChina shu haqida xabar berdi.
Yangilangan Nokia 3310 o‘tgan yilgi modelga nisbatan biroz kattaroq o‘lchamdagi korpusga ega bo‘ldi. Devays 4G VoLTE tarmoqlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va Wi-Fi tarqata oladi. Telefon hozircha faqat China Mobile operatori orqali sotiladi.
Nokia 3310 320X240 pikselli 2,4 dyuymli displey, microSIM sloti va microSD xotira kartalari bilan ta'minlandi. Telefonda microUSB, 3.5 mm'li audiojyek, Bluetooth 4.0 interfeyslari mavjud. Devays 2 megapikselli kamera va 1200 mAs sig‘imli batareyaga ega.
Qurilma narxi hozircha noma'lum. Nokia 3310 4G fevral oyida bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida jahon bozori uchun taqdim etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025